00:36 / 07.10.2016
8510

Britaniyalik deputat Yevroparlamentdagi mushtlashuvdan keyin shifoxonaga yotqazildi

Foto: tvoygorodpskov.ru

Siyosiy kelishmovchiliklar bosiq britaniyaliklarni ham o‘zidan chiqarishi mumkin. Bunga Strasburgdagi Yevroparlamentdagi noxush voqea misol bo‘lishi mumkin. Bu yerda yuz bergan mushtlashuvda britaniyalik deputat oynadan tushib ketgan. 
Bu jabrdiyda Buyuk Britaniya mustaqilligi partiyasi vakili, 49 yoshli Stiven Vulf bo‘ldi. U safdoshlarini tark etib, raqib partiya tomonga o‘tishga qaror qilgan, biroq keyinroq uning miyasiga u partiyaga yetakchilik qila olishi fikri kelib qolgan. Vulfning hamkasblaridan biri uning bunday harakatidan jahli chiqib, uni "erkakcha" gaplashishga chaqirgan. Vulf va uning hamkasbi o‘rtasida mushtlashuv chiqqan va uning davomida Vulf yuzidan musht yegan va boshi bilan urilgan. 

Deputatlar tezda yarashib olishgan, biroq birozdan keyin Vulf Yevroparlament binosi ichidagi yo‘lovchi ko‘prigida hushidan ketgan va yiqilib tushgan. Ba'zi OAV ma'lumotlariga ko‘ra, u bino oynasidan tushib ketgan, boshqalari ma'lumotlariga ko‘ra, zinalardan yiqilib tushgan.

Shifokorlarning ma'lum qilishicha, Vulfning boshiga qon quyilgan va u insultga uchragan. Biroq keyinroq Vulf shifoxonadan tetikligi va baxtli ekanligini, biroq yuzining yarmi ishlamay qolganini aytgan.

 

Mavzuga oid
Top