11:30 / 07.10.2016
10784

Xitoydagi dorivor o‘simliklar yordamida saratonni davolash mumkinligi aniqlandi

Xitoy, Buyuk Britaniya va Fransiya vakillaridan iborat xalqaro olimlar guruhi gomoxaringtonin (NNT) moddasi miyeloidli leykemiya remissisini muolaja qilishda yordam berishini aniqlashdi. 

Omatsetaksin mepesutstsinat deb tanilgan bu modda ignabargli o‘simlik Cephalotaxus harringtonii'da mavjud bo‘lib, xitoylik shifokorlar tomonidan qon saratoni uchun foydalanilgan. Tadqiqotchilar o‘z xulosalarini Science Translational Medicine jurnalida chop etishdi.

NNT'ning dastlabki tadqiqotlari   natijasida dori vositasi Oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlar sifatining sanitar nazorati boshqarmasi (FDA) tomonidan surunkali miyeloidli leykemiyasining muolajasi uchun tasdiqlandi. Bunday kasallik dori vositalari ta'siriga kamdan-kam uchraydi va eng samarali ta'sir etuvchi vosita bu kimyoviyterapiya va hujayralarning ko‘chirib o‘tkazilishi hisoblanadi. Ammo omatsetaksin mepesutstsinat moddasi saratoni o‘simtalarining o‘sishining to‘xtashida yordam berishi ma'lum bo‘ldi.                                              

Olimlarning fikriga ko‘ra, ularning tadqiqotlaridan olingan natijalar leykoz bilan og‘rigan bemorlar uchun shaxsiy usullarni ishlab chiqishga yordam beradi.

Mavzuga oid
Top