08:13 / 07.10.2016
25998

Nyu-Yorkdagi ko‘prikda Putinning katta surati osib qo‘yildi

Foto: © AP

Nyu-Yorkdagi Manxetten ko‘prigida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Rossiya va Suriya bayroqlari fonidagi va ostki qismida "tinchlikparvar" (Peacemaker) degan yozuv bo‘lgan katta surati paydo bo‘ldi.

Bu suratni kim osgani noma'lum, biroq shahar huquq-tartibot muassasalari xodimlari bannerni taxminan u osilgandan bir soat o‘tgach yig‘ishtirib olishgan. Ma'lum qilinishicha, balandligi 10 metr va eni 5 metr bo‘lgan surat 6 oktabrda ko‘prikning shimoliy tomonida mahalliy vaqt bilan soat 14:30larda paydo bo‘lgan. 

Endi politsiyachilar Putinning suratini "Amerikaning yuragida" kim osganini aniqlash maqsadida kuzatuv kameralaridan olingan yozuvlarni kuzatib chiqishmoqda. Hozircha hech kim ushlanmagan.

Top