07:07 / 07.10.2016
3862

Obama "Metyu" to‘foni sababli ikki shtatda favqulodda vaziyat tartibini e'lon qildi

AQSh prezidenti Barak Obama "Metyu" to‘foni AQSh sohillariga yaqinlashayotgani tufayli Florida va Janubiy Karolina shtatlarida favqulodda vaziyat tartibi kiritilishini e'lon qildi. Bu haqda Oq uy saytida ma'lum qilindi.

Obama ichki xavfsizlik vazirligi va favqulodda vaziyatlarni boshqarish federal agentligiga shtatlarda to‘fon oqibatlarini yumshatish hamda insonlar orasida qurbonlar bo‘lmasligi uchun birgalikdagi sa'y-harakatlarni muvofiqlashtirishni topshirdi.

Florida shtatining sohil yaqinida turuvchi aholisi xavfdan ogohlantirildi va vaqtinchalik xavfsiz joylarga ko‘chib o‘tish tavsiya qilindi.

Bu orada ushbu shtatlar aholisi to‘fon yaqinlashishiga tayyorgarchilik ko‘rishmoqda, do‘konlar peshoynalari metall listlar bilan yopilmoqda, konstruksiyalar qum solingan qoplar bilan mustahkamlanmoqda.

Top