22:09 / 07.10.2016
11328

Video: No‘noq haydovchi avtoturargohdan ketishga 21 urinishda erishdi

Xitoyda kuzatuv kamerasida 20 urinishda ham avtoturargohdan chiqib keta olmagan uquvsiz haydovchining holati muhrlangan. Bu haqda Mirror xabar berdi.

Voqea tasvirlangan videoda ko‘rish mumkinki, haydovchi mashinani olib ketishga besamar urinadi. Bu urinishlar davomida mashina yonidagi Volkswagen Golf avtomobili shikastlanadi.

Faqat yigirma birinchi urinishdagina haydovchi o‘z maqsadiga yetishgan.

Bu rolik 2014 yilda olingan bo‘lib,  ITV4 telekanalidagi «Car Crash Global: Caught on Camera» ko‘rsatuvi uchun foydalanilgan.

Top