09:12 / 08.10.2016
8414

Floridalik ayol dovul vaqtida o‘z avtomobilini mehmonxonasiga “yashirdi”

Foto: Twitter.com/@sofiandreaa

AQShning ayni damda "Mettyu" dovuli bo‘layotgan hududi Florida shtatida yashovchi ayol o‘z uyini xavfsiz joy deb hisobladi va avtomobilini mehmonxonasiga joylashtirdi.

- Hozir siz, balki, suv va benzin ilinjida yurgan bo‘lsangiz kerak. Biz esa uyga mashinani joylashtirdik, - deb yozadi oila a'zolaridan biri.

Shtatda favqulodda holat e'lon qilingan. Mahalliy aholi dovul keltirgan talafotlarni suratga va videoga olib, tarmoqqa joylashtirishmoqda.
Mahalliy hukumat odamlarni vaziyatni jiddiy qabul qilishga va vayron bo‘lgan tumanlarni tark etishga chaqirmoqda.

 

Mavzuga oid
Top