20:16 / 08.10.2016
12727

Kechki dayjest: 8 oktabrning eng muhim xabarlari

Yakunlanib borayotgan 8 oktabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

Fotojamlanma: “Islom ota” masjidi ochilish marosimi Qur'on tilovati bilan boshlandi

Toshkent shahri 2016 yil 7 oktabr, muborak juma kuni. Allohning inoyati bilan qurib bitkazilgan va mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan qayta qad rostlagan yangi masjidning ochilish marosimi arafasi. Hammayoq bu ulug‘ shodiyonaga hozirlangan, yo‘llarga, hovliga suvlar sepilgan. Masjid tashrif buyuruvchi namozxonlarni kutib olishga shay...

>>>   Batafsil.

O‘zbekistonda 2018 yilga kelib 547 mln kilovatt soatdan ortiq elektr energiyasini tejash imkoni paydo bo‘ladi


Foto: Forexa.com

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi tomonidan yoqilg‘i-energetika va sanoat sohasi tarmoqlarida energiya samaradorligi va tejamkorligi bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

>>>  Batafsil.

Polsha qurolli kuchlari shay holatga keltirildi


Foto: TACC

Polsha Rossiyaning harbiy sohadagi harakatlaridan xavotirga tushib, o‘z qurolli kuchlarini tayyor holatda ushlab turibdi.

>>>  Batafsil.

Saakashvili Gruziyaga qaytish qarorini o‘zgartirdi


Foto: AFP


Ukrainaning Odessa viloyati gubernatori Mixail Saakashvili Gruziyadagi parlament saylovlaridan so‘ng, vataniga qaytish qarorini o‘zgartirdi.

>>> Batafsil.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin hayotidan hammaga ham ma'lum bo‘lmagan faktlar

foto:trinixy.ru

7 oktabrda Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zining 64 yoshini qarshiladi. Jahondagi turli voqealar sababli Putinning shaxsi turlicha qabul qilinadi, ba'zilar uning siyosatini qo‘llab-quvvatlaydilar, ba'zilar ma'qullamaydilar.

>>>  Batafsil.

AQSh razvedkasi Kaliningradga «Iskander»lar tashlanganini aniqladi


Foto: RIA

Rossiya mudofaa vazirligi Kaliningrad viloyatiga «Iskander-M» raketa majmualarini joylashtirishga buyruq berdi.

>>>   Batafsil.

WikiLeaks Klinton saylov kampaniyasiga oid navbatdagi maxfiy ma'lumotlarni e'lon qildi


Foto: Sputnik


Maxfiy ma'lumotlarni oshkor etishga ixtisoslashgan WikiLeaks sayti AQSh prezidentligi uchun Demokratik partiya nomzodi saylovoldi kampaniyasi rahbari Jon Podestaning elektron maktublarining bir qismini e'lon qildi.

>>>   Batafsil.

Obama AQSh prezidentligi uchun saylovlarda muddatidan oldin ovoz berdi


Foto: AP

Barak Obama AQSh Prezidentligi uchun 8 noyabrga belgilangan saylovlarda muddatidan avval ovoz berdi, deb xabar qilmoqda Oq uy ma'muriyati.

>>>   Batafsil.

Yaponiyada Aso vulqoni otildi


Foto: Japan's meteorological agency

Yaponiyaning janubi-g‘arbida joylashgan Aso vulqoni otildi, deb ma'lum qildi 8 oktabrda Yaponiya bosh meteorologik boshqarmasi.

>>>  Batafsil.

Samsung egilgan qutiga patent oldi


Foto: theaustralian.com

Samsung kompaniyasi egik shakldagi qutiga litsenziya oldi. Taxminlarga ko‘ra, u televizorlarni tashish uchun mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin.

>>>   Batafsil.

Messi "Barselona" bilan yangi shartnomasida boshqa klubga ketish bandini kiritilishini istamoqda

"Barselona" rahbariyati hujumchi Lionel Messi bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni davom ettirmoqda.

>>>  Batafsil.

Top