08:15 / 08.10.2016
4182

Kosta-Rika futbol federatsiyasi sobiq rahbari pora olganini tan oldi

Foto: © EPA

Kosta-Rika futbol federatsiyasi sobiq rahbari Eduardo Li 1 mln dollar miqdorida pora olganini tan oldi. Bu haqda New York Daily News nashri muxbiri Jon Marzulli tvitterdagi sahifasida ma'lum qildi. 

2015 yil mayida Li Tsyurixda FIFAdagi korruptsion mojaro ishi bo‘yicha gumonlanuvchilardan biri sifatida ushlangandi. Sentyabrda Shveytsariya hukumati uni AQShga ekstraditsiya qilishga rozi bo‘lgan. Li 2018 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichiga marketing huquqlarini AQSh kompaniyalaridan biriga sotishda gumon qilinmoqda. 

manba:tribuna.uz

Top