12:21 / 08.10.2016
12191

Pensionerlarning pulini “nishonga olgan” rahbarga nisbatan jazo muqarrarligi ta'minlandi

“Suvoqava” korxonasi Yakkabog‘ tumani filiali boshlig‘i T.To‘lqinov tuman pochta aloqa tarmog‘i mas'ul xodimlari bilan til biriktirib, pensionerlarni “nishonga oldi”. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

“Suvoqava” tuman filialida ham, pochta aloqa tarmog‘ida ham qonunga zid ravishda nazorat-kassa mashinasi o‘rnatilmagan edi. Shunday bo‘lsada, T.To‘lqinov pensionerlarning pensiya pullaridan soxta kvitansiyalar orqali ichimlik suvi uchun haq olinishini yo‘lga qo‘ydi. Uning bu ishi SVOJJDLQK departamentining Yakkabog‘ tuman bo‘limi tomonidan fosh etildi.

O‘tkazilgan tekshiruv jarayonida pensionerlardan 2013 yilda 17 mln 541 ming so‘m, 2014 yilda 17 mln 541 ming so‘m, 2015 yilda esa 11 million 50 ming so‘m, jami 46 mln 560 ming so‘m miqdoridagi naqd pul ushlab qolinganligi, bu summa nazorat-kassa mashinasi orqali kirim qilinmasdan, ko‘p miqdorda xizmat ko‘rsatish qoidalari buzilganligi ma'lum qildi.

T.To‘lqinovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud hukmi bilan jazo muqarrarligi ta'minlandi.

Top