11:01 / 08.10.2016
10367

WikiLeaks Klinton saylov kampaniyasiga oid navbatdagi maxfiy ma'lumotlarni e'lon qildi

Foto: Sputnik

Maxfiy ma'lumotlarni oshkor etishga ixtisoslashgan WikiLeaks sayti AQSh prezidentligi uchun Demokratik partiya nomzodi saylovoldi kampaniyasi rahbari Jon Podestaning elektron maktublarining bir qismini e'lon qildi. 7 oktabr kuni portal 2060ta elektron yozishma namunalarini oshkor qildi

«Maktublarda yadro energetikasi hamda foydali qazilmalarni qazib olishdan Klinton fondiga mablag‘ o‘tkazishlar xususida so‘z boradi», — deb qayd etgan sayt asoschisi Julian Assanj. 

Bundan tashqari, ularning bir qismi Turkiya va uning Suriyadagi manfaatlari, ushbu mamlakatning IShID xalqaro terrorchilik tashkilotiga qarshi kurashda tutgan o‘rniga doir masalalarni qamrab olgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti agentligi.

«Turkiya qochqinlarni himoya qilish va ularning respublikaga oqimini to‘xtatish uchun Suriya shimolida parvozlardan xoli hududni joriy qilmoqchi. Biroq, bu ular va boshqalar quruqlikdagi kuchlarni kiritgan taqdirda mumkin bo‘ladi», — deyiladi AQSh mudofaa siyosati Kengashi vakilining maktubida. 

Unda shuningdek, Eron AQSh va Turkiya uchun «yagona mavzu» bo‘lishi mumkinligi aytilgan bo‘lsa, Suriya prezidenti Bashar Asad ikkala davlat uchun ham tahdid sifatida baholangan. 

Mavzuga oid
Top