23:46 / 08.10.2016
7849

JCh-2018. Angliya Maltani mag‘lub qildi va boshqa natijalar

JCh-2018 saralash bosqichining 2-turidan o‘rin olgan to‘rtta uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Angliya terma jamoasi Garet Sautgeyt qo‘l ostidagi dastlabki uchrashuvini “Uembli”da Maltaga qarshi o‘tkazdi. Inglizlardan o‘yinda raqibidan ustunligini namoyish qildi hamda 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Daneil Starrij va Dele Alli tomonidan kiritilgan gollar “sherlar”ga navbatdagi uch ochkoni taqdim qildi.  Ozarboyjon terma jamoasi Norvegiyaga qarshi to‘p surdi. Uchrashuvda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

Armaniston esa o‘z maydonida Ruminiyaga qarshi to‘p surdi. Uchrashuvda Ruminiya terma jamoasi raqibidan kuchli ekanligini ko‘rsatdi hamda 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Chernogoriya ham xuddi shunday hisob bilan Qozog‘iston terma jamoasini o‘z maydonida mag‘lub qildi. 

Angliya – Malta – 2:0
Gollar: 1:0 – 29 Starrij, 2:0 – 38 Alli.
Ogohlantirish: Borg (55).

Ozarboyjon – Norvegiya 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 11 Medvedev. 
Ogohlantirishlar: Aleesami (32), Svensson (33), Gurbanov (64), Yuxansen (90), Serlot (90).

Armaniston – Ruminiya 0:5 (0:4, 0:1)
Gollar: 0:1 – 4, penalti Stanku, 0:2 – 10 Popa, 0:3 – 11 Marin, 0:4 – 29 Stanchu, 0:5 – 59 Kipchu. 
Ogohlantirish: Grigoryan (32).
Chetlatish: Malakyan (3).

Chernogoriya – Qozog‘iston 5:0 (1:0, 4:0)
Gollar: 1:0 – 24 Tomashevich, 2:0 – 59 Vukchevich, 3:0 – 64 Yovetich, 4:0 – 73 Bechiray, 5:0 – 78 Savich. 
Ogohlantirishlar: Bechiray (31), Islamxan (31), Kislitsyn (37), Muxutdinov (89).

Manba: Tribuna.uz

Top