09:51 / 09.10.2016
11825

9 oktabr tongining eng muhim va qiziqarli voqealari

Foto: Kun.uz

8 oktabr tuni va 9 oktabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

AQSh arab koalitsiyasini qo‘llab-quvvatlashni qayta ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi

AQSh rahbariyati Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya harakatlarini qo‘llab-quvvatlashni Yamandagi aviazarbalardan keyin to‘g‘rilashga tayyor, deb aytdi AQSh milliy xavfsizligi kengashi rasmiy vakili Ned Prays.

Batafsil.

Yaman poytaxtida o‘tayotgan dafn marosimiga berilgan zarba oqibatida shahar meri halok bo‘ldi

Yaman poytaxti Sano meri Abdulqodir Hilol Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya samolyotlarining dafn marosimi o‘tayotgan binoga zarba berishi oqibatida halok bo‘ldi.

Batafsil.

Turkiyada samolyotdan qolib ketgan yo‘lovchi unga chiqish ilinjida nomardlarcha ish tutdi

Hurriyet Daily News nashri xabar berishicha, 8 oktabrda Igdar viloyatida Tamer B. ismli yo‘lovchi reysiga kech qolgach, uni qaytarish uchun samolyotda bomba borligini aytishga qaror qilgan.

Batafsil.

Minskda benzinda ishlovchi arra va bolta bilan qurollangan erkaklar savdo markazida odamlarga hujum qildi

Belarus poytaxti Minskda benzinda ishlovchi arra va bolta bilan qurollangan noma'lum erkaklar "Yevropa" savdo markaziga tashrif buyurganlarga hujum qildi.

Batafsil.

Parij yaqinida jinoyatchilar politsiyachilarni tiriklayin yoqib yubormoqchi bo‘ldi

Fransiyaning Viri-Shatiyon shahrida bir necha jinoyatchilar shaharning asosiy chorrahalaridan birida o‘rnatilgan telekuzatuv kamerasini qo‘riqlayotgan ikki politsiyachini tiriklayin yoqib yubormoqchi bo‘ldi.

Batafsil.

Grozniydagi musobaqada nokautga uchragan 10 yoshli bolaning otasi: O‘g‘limga juda bo‘lmasa shlem berishadi deb o‘ylagandim

Grozniyda Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning 40 yoshi sharafiga o‘tkazilgan MMA musobaqasi doirasida yosh bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan ko‘rgazmali janglardan birida Qodirovning katta o‘g‘li tomonidan nokautga uchragan jangchi bolaning otasi Zamrat Shevxujyev uning o‘g‘liga juda bo‘lmasa shlem berishlariga ishonganini aytmoqda.

Batafsil.

Poroshenkoni uyatga qo‘ygan talaba o‘qishdan chetlatilishi mumkin

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoga noqulay savol bergan Kiyev milliy universiteti talabasi o‘qishdan chetlatilishi mumkin.

Batafsil.

Toj Mahalni oqartirish uchun uch yil ta'mirlash ishlari olib boriladi

Abadiy muhabbat timsoli bo‘lgan Toj Mahalning oq tusini tiklash va yuzasini tozalash maqsadida 3 yil mobaynida ishlov berish ishlari olib boriladi.

Batafsil.

Rossiyalik mashhur kinoaktyor Leonid Kuravlyov — 80 yoshda

Rossiyalik mashhur kinoaktyor Leonid Kuravlyov bugun o‘zining sakson yoshini nishonlamoqda. U 1936 yil 8 oktabrda Moskvada ishchi oilasida dunyoga kelgan. 1955 yildaa Butunrossiya Kinematografiya instituti talabaligiga qabul qilingan.

Batafsil.

JCh-2018. Angliya Maltani mag‘lub qildi va boshqa natijalar

JCh-2018 saralash bosqichining 2-turidan o‘rin olgan to‘rtta uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Angliya terma jamoasi Garet Sautgeyt qo‘l ostidagi dastlabki uchrashuvini “Uembli”da Maltaga qarshi o‘tkazdi.

Batafsil.

Top