08:16 / 09.10.2016
4983

Gaiti hukumati "Mettyu" bo‘ronidan halok bo‘lganlar soni bo‘rttirib ko‘rsatilganini aytdi

Foto: REUTERS

Gaitida "Mettyu" bo‘roni o‘tishidan 288 kishi halok bo‘ldi, deb aytdi ushbu davlat ichki ishlar vaziri Fransua Anik. Bu haqda Telesur telekanali efiriga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda. 

Vazirning aytishicha, xalqaro OAVning bo‘ron qurbonlari 877 kishi bo‘lgani haqidagi ma'lumotlari haqiqatga mos emas.

"Ular pul jamg‘armalari olish uchun vaziyat jiddiyroq ekanligini ko‘rsatishmoqchi", deb aytgan vazir, biroq bu mablag‘larni olishga kim da'vogarlik qilishi borasida aniqlik kiritmagan. 

Bo‘ron Karib havzasida oxirgi 10 yil ichida yuz bergan eng kuchlisi bo‘ldi hamda Safir-Simpson shkalasi bo‘yicha eng yuqori – 5-toifadagi xavflilik darajasiga yetgan. Uning ichidagi shamol tezligi 230 km/soatga yetgan. Ayni vaqtda u 1-toifadagi bo‘rongacha zaiflashgan.

 

Mavzuga oid
Top