Xitoy sharqidagi Nankin shahrida joylashgan neftni qayta ishlash zavodida kuchli portlash sodir bo‘ldi.
Sinxua agentligi xabariga ko‘ra, portlash zavodning asbob-uskunalar saqlanadigan qismida ro‘y bergan.
Qurbonlar va jabrlanuvchilar haqida ma'lumotlar yo‘q.
Voqea joyiga qutqaruvchi guruhlar yo‘l olgan.