11:43 / 09.10.2016
6598

Levandovskining uchta goli Polshaga g‘alaba keltirdi va boshqa natijalar

JCh-2018 saralash bosqichining 2-turida Polsha terma jamoasi Varshavada Daniyaga qarshi maydonga tushdi. Mazkur uchrashuv “Bavariya” va Polsha terma jamoasi hujumchisi Robert Levandovskining benefesiga aylandi. Levandovski 20, 36 va 47-daqiqalarda uch marotaba Kasper Shmeyxel darvozasini ishg‘ol qildi va Polshaga uch ochko taqdim qildi.

“F” guruhida ham yana ikkita uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Shotlandiya o‘z maydonida Litvaga qarshi bahs yuritdi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. Sloveniya esa Slovakiya bilan o‘yinda kichik 1:0 hisobidagi g‘alabani tantana qildi.

Polsha – Daniya 3:2 (2:0)
Gollar: 
1:0 – 20 Levandovski, 2:0 – 36, penalti Levandovski, 3:0 – 47 Levandovski, 3:1 – 49, avtogol Glik, 3:2 – 69 Poulsen

Ogohlantirishlar: Shmeyxel (36), Chonek (53), Eriksen (62).

Shotlandiya – Litva 1:1 (0:0)
Gol:
 0:1 – 59 Chernix, 1:1 - 89 Makartur. 
Ogohlantirishlar: Vaytkunas (13), Kuklis (18), Freydgeymas (52), Xenli (52).

Sloveniya – Slovakiya 1:0 (0:0)
Gol
: 1:0 – 74 Kronaveter. 

Ogohlantirishlar: Tsesar (14), Krxin (26), Salata (31), Gubochan (56), Dyuritsa (68), Struna (80).

Top