15:44 / 10.10.2016
57725

13 oktabrdan O‘zbekistonda yomg‘irli kunlar boshlanishi kutilmoqda

Foto: trend.az

O‘zbekistonda 11-12 oktabr kunlari havo o‘zgaruvchan va bulutli bo‘lib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 13 oktabr kuni esa respublikaning ba'zi hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Bu haqda «O‘zgidromet» markazi xabar bergan.

Shamol tezligi 15-20 m/sgacha kuchayishi mumkin.

12-13 oktabr kunlari kechqurun havo harorati 8-13 darajani, +14-15 oktabr kunlari esa +5-10 darajani tashkil etadi. Kunduzgi harorat +20 darajadan ham pastga tushishi mumkin.

Xususan, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida harorat kechasi +8-13, kunduzi +22-27 darajani tashkil etadi. 13 oktabr kuni kechasi +5-10, kunduzi +15-20 darajaga yetadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida harorat kechasi +9-14dan +1-6, kunduzi +18-23 dan 15-20 darajaga o‘zgarib turadi.

Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida harorat kechasi +8-13, kunduzi +22-27dan +15-20 darajagacha o‘zgarib turadi. Surxondaryoda +29 darajagacha isiydi.

Farg‘ona vodiysida kechasi +8-13, kunduzi +22-27dan +15-20 darajagacha o‘zgarib turadi.

Respublikaning tog‘li hududlarida ham havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchiliklar kuzatiladi. Harorat kechasi +3-8dan -2 darajagacha, kunduzi +15-20dan +7-12 iliqgacha pasayadi. 

Top