07:25 / 10.10.2016
5044

Gaitida "Mettyu" bo‘roni qurbonlari soni minggacha yetdi

Foto: .noz.de

Gaitida "Mettyu" bo‘roni qurbonlari soni minggacha yetdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.  

Avvalroq qurbonlar soni 877 kishi ekanligi ma'lum qilintgandi. 

AQSh bo‘ronlarni kuzatish milliy markazi 9 oktabrda bo‘ronning post-tropik siklongacha zaiflashganini ma'lum qildi.

Bo‘ron 2007 yildan beri Atlantika okeanida yuz bergan eng kuchli bo‘ron bo‘ldi. Ayni vaqtda u AQShning janubi-sharqiy sohilbo‘yi hududi bo‘ylab o‘tmoqda. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, AQShda tabiiy ofatdan 18 kishi halok bo‘ldi.

 

Mavzuga oid
Top