20:23 / 10.10.2016
10269

Xitoy bosh murabbiyi O‘zbekistonga qarshi uchrashuv oldidan savollarga javob qaytardi

O‘zbekiston — Xitoy o‘yinidan oldin tashkillashtirilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida Xitoy terma jamoasi Gao Xongbo va jamoa sardori Feng Siaoting ishtirok etdi.

— Avvalo Xitoy OAV vakilarini uzoq yo‘l bosib, bizni qo‘llab-quvvatlashga kelganlari uchun tashakkur aytaman. 5-raqamli o‘yinchimiz ertaga o‘ynay olmaydi. Bu bizga biroz muammo tug‘dirishi mumkin. Bugungi kunda O‘zbekiston terma jamoasi guruhda yetakchilaridan biri bo‘lib turibdi, — deydi Gao Xongbo.

— O‘z uyimizdagi uchrashuvdan so‘ng uzoq yo‘l bosib Toshkentga keldik. O‘zbekiston juda kuchli va tajribali terma jamoalar sirasiga kiradi. Ular safida yetakchi o‘yinchilar to‘p suradi, — deydi Feng Siaoting.

J: — Turnir jadvaliga qarasak, ortda qolgan 3 o‘yindan so‘ng Xitoy terma jamoasining guruhdagi ahvoli o‘ta yomon. Shu haqdagi fikringiz?
M: — Uch turdan so‘ng, shunday xulosa qilsa bo‘ladiki, har bir jamoa, hatto bir ochko uchun ham kurashmoqda. Biz ham bu yerga bekorga kelmaganimizni isbotlashga harakat qilamiz.

J: — O‘tgan uchrashuvda Xitoy mag‘lubiyatga uchradi. Mag‘lubiyat o‘yinchilaringiz ruhiyatiga qanchalik ta'sir o‘tkazdi?
M: — Birinchi navbatida bu bosqichga yetib kelganimizdan mamnunmiz. To‘g‘ri, o‘tgan o‘yindan so‘ng shogirdlarimda biroz tushkunlik alomati bor. Ular bilan gaplashib oldik. Ular ertangi o‘yinga tayyor. Aytib o‘tishim kerakki, Xitoy terma jamoasi murabbiylar shtabida texnik murabbiy bor. U O‘zbekistonning Eronga qarshi o‘yinni kuzatdi. Va bizga kerakli ma'lumotlarni yetkazdi.

Top