15:11 / 10.10.2016
11459

Iqtisod bo‘yicha Nobel mukofoti egalari ma'lum bo‘ldi

Iqtisod yo‘nalishida 2016 yilgi Nobel mukofoti (48 yil oldin ta'sis etilgan) shartnomalar nazariyasini tadqiq qilgan amerikalik olimlar Oliver Hart hamda Bengt Holmstermga beriladi. Bu haqda bugun Nobel qo‘mitasi xabarnomasi orqali ma'lum qilindi.

Nobel mukofoti dastlab tibbiyot, kimyo, fizika, adabiyot va tinchlik yo‘nalishlarida berilgan, 1968 yildan esa Shvetsiyaning Davlat banki tomonidan iqtisod yo‘nalishi ham kiritilgan.

Jami beshta yo‘nalishdagi laureatlarni taqdirlash marosimi doim bir kunda — 10 dekabr kuni, Alfred Nobel (1833-1896) vafot etgan sanada, Stokgolm shahrida o‘tkaziladi.

Nobelning pul mukofoti qiymati 2016 yilda sakkiz million shved kronasini (932 ming AQSh dollari) tashkil etadi.

Mavzuga oid
Top