23:19 / 10.10.2016
12853

iPhone 7 egasining qo‘lida yonib ketdi

Foto: © RIA Novosti

iPhone 7 uning egasi video olayotgan chog‘i yonib ketdi, deb xabar qiladi Gizmochina.com.

Smartfonning yonib ketishi oqibatida oynaning bo‘laklari foydalanuvchining yuzi va barmoqlarini jarohatladi.  

Voqea haqida batafsil ma'lumot hozircha yo‘q. Erkakning so‘zlariga ko‘ra, u mahalliy Apple qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilgan, biroq u yerda bu kabi muammo to‘laqonli bartaraf etilmasligi sabab kompaniyaning bosh ofisiga murojaat qilishni maslahat berishgan.  Ma'lum bo‘lishicha, hodisa ayni damda tekshirilmoqda.

Shu kunga qadar, joriy mavsumning eng yonuvchi smartfoni Samsung Galaxy Note 7 edi, biroq so‘nggi bir necha kun ichida yangi iPhone 7 yonib ketishi haqida ko‘plab xabarlar tarqalgan.
 

Top