11:37 / 10.10.2016
7464

Kashmirda jangarilar universitet binosini egallab oldi

Foto: twitter.com/@RT_russian

Hindistonning Jammu va Kashmir shtatidagi hukumat universiteti jangarilar tomonidan egallab olingan. Jinoyatchilar bilan ro‘y bergan otishma vaqtida bir harbiy xizmatchi jarohatlangan. Bu haqda NDTV telekanalida xabar berildi.

Bir necha jangaridan iborat kichik guruh mahalliy vaqt bilan soat 06:30da Shrinagardan 10 km masofadagi Pampor shahrida joylashgan Jummu va Kashmir korxonachilikni rivojlantirish instituti binosiga hujum uyushtirgan.

Dastlabki talqinlarga ko‘ra, jangarilar bino hududiga Jyelam daryosi orqali suzib kelishgan. Ular universitet binolaridan biriga o‘t qo‘yishgan.

Hozirda jangarilarn yo‘q qilish bo‘yicha amaliyot o‘tkazilmoqda.

Jangarilar bino hududida odamlarni garovga olgan bo‘lishi mumkin.

Shu yilning fevral oyida ham jangarilar bu binoga hujum qilishgandi. O‘shanda jangari guruh 2 kun davomida qarshilik ko‘rsatgan, 3 nafar jangarini yo‘q qilish uchun o‘tkazilgan amaliyot davomida 3 nafar harbiy halok bo‘lgandi.

Mavzuga oid
Top