17:24 / 10.10.2016
8733

Putin Erdo‘g‘an bilan uchrashish uchun Istanbulga yetib keldi

Foto: © RIA Novosti

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Jahon energetika kongressida ishtirok etish uchun Turkiyaning Istanbul shahriga yetib bordi. U safari davomida Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘an hamda Venesuela prezidenti Nikolas Maduro bilan uchrashadi.

Istanbuldagi kongress 9-13 oktabr kunlari mobaynida o‘tkazilmoqda.

RIA Novosti agentligi xabariga ko‘ra, Putin o‘z hamkasblari bilan alohida uchrashuvlarda o‘zaro munosabatlar holatini muhokama qiladi.

Maduro Putin bilan uchrashish rejasi haqida oktabr oyi boshida ma'lum qilgan, Rossiya prezidentining matbuot kotibi bu uchrashuv o‘tkazilishi haqidagi ma'lumotni tasdiqlagandi.

Top