21:07 / 11.10.2016
10661

Burger King kafesida Galaxy Note 7 smartfoni yonib ketdi (Video)

Foto: Youtube/Jinhee Kim

Janubiy Koreyadagi Burger King tez tayyorlanuvchi taomlar tarmog‘iga qarashli restoranlarning birida  Samsung Galaxy Note 7 smartfoni yonib ketdi. Tasvirdan ma'lum bo‘lishicha, gadjyet shunchaki stolda turgan va quvvat olish moslamasiga qo‘yilmagan bo‘lgan. Bino xodimasi mustahkam qo‘lqoplardan foydalangan holda, qiyinchilik bilan qurilmani ushlab, uni olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. 

10 oktabr kuni Samsung Electronics o‘z hamkorlariga to‘satdan yonib ketish holatlari sodir bo‘lganidan so‘ng Galaxy Note 7 smartfoni sotuvini to‘xtatish iltimosi bilan murojaat qilgan. Shu bilan birga  kompaniya qurilmani ishlab chiqarishni ham to‘xtatgan.

Mavzuga oid
Top