17:25 / 11.10.2016
12300

Kreml: Rossiyaning xalqaro maydonda yakkalanib qolganini ta'kidlash bema'nilik

Foto: RIA

"Prezident yakkalanib qolgani yo‘q. Biz o‘tgan hafta, Fransiyadagi qator nashrlarining Putin bu holatga barham berish uchun tashrif buyurishni iltimos qilayotgani haqida yozganiga guvoh bo‘ldik. Bularning barchasi bema'nilik. Prezidentning o‘ta tig‘iz kun tartibi buning aksini isbotlaydi", — degan Peskov.

"Rossiya va prezidenti bu ma'noda bironta muammoga duch kelayotgani yo‘q. Avval boshdanoq, Putin Olland bilan muloqotlarida o‘zining Parijga safari Olland uchun qulay vaqtda bo‘lishini ta'kidlab kelgan. Agar bu vaqt unchalik ham mos bo‘lmasa, unda o‘zaro kelishilgan tarzda boshqa vaqt tayinlanadi", — deb qo‘shimcha qilgan Kreml rasmiy vakili. 

Avvalroq, Reyter agentligi Fransiya yetakchisi Fransua Olland ma'muriyatiga tayangan holda, rasmiy Moskva prezident Vladimir Putinning tashrifini boshqa vaqtga ko‘chirgani to‘g‘risida xabar qilgan edi.

Top