11:24 / 11.10.2016
18240

Tramp: Bu haqiqatdan ham Amerikami? Dahshat!

Foto: bbc.com

AQSh prezidentligiga nomzod respublikachi Donald Tramp mamlakatdagi bir qator OAV uning davlat rahbari etib saylanmasligi uchun fitna uyushtirgani to‘g‘risidagi ma'lumotga izoh berdi. Tramp o‘zining Twitter'dagi sahifasida FOX News telekanalining videotasvirini yuklab, "Bu haqiqatdan ham Amerikami? Dahshat!" - deya yozuv qoldirdi

Videoda telekanal boshlovchisi Bill O'Rayli shunday deydi: "AQShda o‘z xodimlariga Trampni yo‘q qilishni buyurgan kamida 3 mediatashkilot bor".

"Agar siz Trampni qo‘llab-quvvatlasangiz, karerangizga nuqta qo‘yiladi", - deya qo‘shimcha qildi O'Rayli, lekin aniq OAV nomini tilga olmadi. FOX News telekanali asosan respublikachilar tarafdori hisoblanadi. 

Donald Trampning OAV bilan munosabatlari oson kechmayapti. Respublikachilar nomzodi ularning aksariyatini o‘ziga nisbatan noxolis munosabatda ayblamoqda.

Dushanba kuni siyosatchi yana bir bor CNN telekanaliga hujum qilib, uning debatlar natijasiga doir so‘rovnomasini "ayanchli va adolatsiz", deb atadi. Telekanal Demokratlar nomzodi Hillari Klintonning g‘olib bo‘lganini ta'kidlagan. CNN telekanali ko‘proq Demokratik partiya va uning nomzodlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Top