14:09 / 12.10.2016
50414

Atigi 400 yevro evaziga Parijga sayohat qilamiz

PARIJ – orzular, go‘zallik, muhabbat va baxt shahri. Bu maftunkor shahar barchani birdek o‘ziga rom etib keladi. Ertalabki nonushtaga kruassan va qahva, shahar bo‘ylab sayr, kechki gavjum kafelar, biri-biridan go‘zal  inshootlar, shuningdek Sena sohillaridagi romantik piknik – bularni kim orzu qilmaydi deysiz?!

Parijda barcha yoshdagi insonlar o‘z qiziqishlariga qarab, vaqtlarini chog‘ o‘tkazishlari mumkin. Kichik va o‘rta yoshli bolalar uchun – Disneylend, romantikaga oshufta ko‘ngillar uchun -  sohil bo‘ylab sayr hamda Eyfel minorasi, katta yoshlilar uchun – dunyoning eng mashhur muzeyi bo‘lmish Luvr, Versal va Fontenblo saroylari, shuningdek Notr-Dam ibodatxonasi, ijodkor insonlar uchun esa – ajoyib Monmartr...

TURON Travel bilan Parijga sayohat qilsangiz, ham vaqtingiz, ham naqdingiz tejaladi. 

«Parij - barcha uchun» turi – 8 kunu 7 tun!
- 3* mehmonxonada bir hafta davomida yashash (MIRIFIC 3*, MAJESTIC 3*);
- Mehmonxona nonushtasi (bir hafta);
- Ikki tomonlama transfer (aeroportda kutib olish va kuzatish);
- Parij bo‘ylab sayohat (3 soat);
- Monmartrni ziyorat qilish (2 soat).

Sayohatlar rusiyzabon gid bilan birga amalga oshiriladi.

Parijga sayohat 1 kishi uchun atigi 400 yevroni tashkil qiladi. Sayohat narxi 20 kishidan iborat guruh tuzilganda dolzarb hisoblanadi. Aviachipta narxi sayohat paketiga kirmaydi. 

To‘lov barcha usullarda amalga oshiriladi. 

Viza olish uchun kerakli hujjatlar ro‘yxati:
- O‘zbekiston hududidan chiqishga ruxsatnoma;
-Ish joyidan ma'lumotnoma (lavozimi); 
- So‘nggi 3 oydagi ish haqiga oid ma'lumot;  
-Bank hisob raqami to‘g‘risidagi ma'lumot (2000$);
-Mehnat ta'tili haqidagi ma'lumot; 
-Mehnat daftarchasining asl nusxasi;
-1 oylik sug‘urta; 
- Fransiya elchixonasi uchun 68 yevro. 

Diqqat: Fransiya poytaxtiga sayohat qiluvchi guruh 1 noyabrga qadar to‘planadi! Shoshiling! Batafsil ma'lumot uchun quyidagi telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin: 
+ 998 71 120 00 05
+ 998 71 140 00 05

Facebook’dagi sahifamiz: Facebook.com/Turonravel

Reklama huquqi asosida.

Top