15:54 / 12.10.2016
31066

Dunyoning eng xavfsiz mamlakatlari reytingi taqdim etildi

Foto: weforum.org

Jahon iqtisodiyot forumi (JIF) ekspertlari dunyoning eng xavfsiz mamlakatlari nomini aniqlashdi. 141 davlatdan iborat reytingda yetakchilik Finlyandiyaga nasib etdi. Bu haqida JIF hisobotida ma'lum qilindi

Ikkinchi o‘rinni Qatar egalladi. Eng xavfsiz mamlakatlar reytingidagi uchlikka BAA yakun yasadi. Ro‘yxatdagi to‘rtinchi va beshinchi pog‘onalarni Islandiya va Avstriya mamlakatlari egallashdi. 

Reytingning birinchi o‘nligidan shuningdek Lyuksemburg, Yangi Zelandiya, Singapur, Omon va Portugaliya mamlakatlari joy oldi. Ro‘yxatdagi oxirgi o‘rin Nigeriyaga berildi. 

Mazkur ro‘yxatni tuzishda mamlakatdagi jinoyatchilik, terrorizm, aholining davlat idoralariga ishonish darajasi, huquq-tartibot xodimlarining fuqarolarni himoya qila olish xususiyati va shu kabi boshqa omillar inobatga olingan. 

Mavzuga oid
Top