11:15 / 12.10.2016
15902

G‘arbda antiqa tarzda smartfonga selfiga tushish ommalashmoqda

Oktyabr boshida tvitterning inglizzabon segmenti foydalanuvchilar orasida havoga otilgan smartfonda oynada o‘z aksini suratga olishi bo‘yicha fleshmob boshlandi. Bundan tashqari, foydalanuvchilar suratga chappak chalgan holda tushishga harakat qilishmoqda. Bu haqda CNET xabar bermoqda

Bunday suratga tushishni Shimoliy Karolina shtati universiteti talabasi Set Shnayder o‘ylab topdi. 9 oktabrda u tvitterda yuqoridagi holat aks etgan suratini chop etib, unga "Bugun hayotimdagi eng muhim kundir. Men o‘zimga "besh" tashlagan holda o‘zimni suratga oldim", deb izoh bergan.

Bir necha kun ichida talabaning tviti 200 mingga yaqin retvit to‘plagan.

Tez orada Shnayderga yuzlab taqlid qiluvchilar paydo bo‘ldi, talabaning o‘zi esa shikoyat va sud da'volaridan qochish maqsadida o‘z profiliga "Agar smartfoningizni sindirib qo‘ysangiz, ayb menda bo‘lmaydi", degan yozuv qo‘shib qo‘ydi. 

Biroq ko‘pchilik foydalanuvchilar "vazifani" yanada murakkablashtirib, telefonni otgan vaqtda murakkabroq holatlar va hattoki raqsga tushgan holda selfiga tusha boshlashdi.

Telefonni sindirib qo‘ymaslik uchun ehtiyot choralarini ko‘ruvchilar ham paydo bo‘ldi.

Ba'zi foydalanuvchilar telefon faqatgina o‘zinigina oladigan darajada "mahorat cho‘qqisiga" erishdilar.

Fleshmob butun dunyo bo‘ylab bir necha yirik OAV, jumladan Time, The Mirror, Mashable, Metro va NEWS.com.au. kabi nashrlarning e'tiborini o‘ziga jalb qila oldi.

Bunday suratlar smartfondagi taymer yordamida suratga olinadi, foydalanuvchiga esa qurilmani yuqoriga otib, so‘ngra uni ilib olish uchun vaqtni to‘g‘ri mo‘ljallay olish kerak bo‘ladi, xolos.

Mavzuga oid
Top