10:55 / 12.10.2016
9505

Xitoy bosh murabbiyi O‘zbekistonga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatdan keyin iste'foga chiqdi

Foto: the-afc.com

Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi Gao Xongbo JCh-2018 saralash bosqichining 4-turida O‘zbekiston (0:2) ga qarshi o‘yindan keyin iste'foga chiqdi.

"O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi o‘yin oldidan Xitoy futbol federatsiyasi bilan suhbatda bo‘lgan edim. Agar safardan yomon natija bilan qaytadigan bo‘lsak, barcha aybni murabbiy o‘z bo‘yniga oladi deb kelishib qo‘ygandim", - deydi Gao Xungbo AP’ga bergan intervyusida.

Xitoy termasi ayni paytda ortda qolgan 4 turdan keyin 1 ochko bilan so‘nggi o‘rinda bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, Gao Xungbo fevraldan beri xitoy terma jamoasini boshqarib kelayotgan edi.

Manba: Tribuna.Uz

Top