09:05 / 12.10.2016
6284

Iroqda Erdo‘g‘anning Bashikdagi baza bo‘yicha so‘zlari ma'suliyatsiz deb ataldi

Foto: © AP

Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy 11 oktabrda Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning Iroq shimolida turk harbiylarining mavjudligi yuzasidan bergan bayonotini mas'uliyatsiz deb atadi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.   

Avvalroq Erdo‘g‘an turk harbiylari joylashgan Iroq shimolidagi Bashik lageri Iroq hukumati murojaati bilan Turkiyaning avvalgi bosh vaziri Ahmet Dovudo‘g‘lu vaqtida yaratilganini aytib o‘tgan. Erdo‘g‘an Al-Obodiyning bazada turk harbiylarining mavjudligi yuzasidan bildirgan noroziligiga "armiya kimningdir ishorasi bilan harakat qilmaydi" deb salbiy javob bergan. 

"Erdo‘g‘anning bugungi bayonoti mas'uliyatsizdir. Biz bu gaplardan ranjidik. Biz dahanaki jang tarafdorimasmiz, biz Iroq ichki ishlariga aralashuvni to‘xtatish uchun Iroq hukumatining fikrini bildirmoqdamiz", deb ma'lum qildi Al-Obodiy matbuot xizmati vakili Sa'd al-Hadisiy.

 

Mavzuga oid
Top