11:53 / 12.10.2016
5659

Twitter amerikalik faxriyni o‘limdan saqlab qoldi

Foto: Instagram/Hart

AQSh HDK faxriysi Kris Uilyams (Kris Williams) iti bilan birga Shimoliy Karolinada suv ostida qolib ketgan uyidan qutqarildi. Twitter va atrofdagi befarq bo‘lmagan insonlar tufayli ular bir o‘limdan qolishdi, deb yozadi Motherboard.

Uning ukasi Kreyg yaqinda ushbu shtatda hukm surgan Metyu dovulidan so‘ng, ukasi Kris o‘z uyida qamalib qolganidan xavotir olayotgan edi. Texas shtatida istiqomat qiluvchi Kreyg bir necha soat mobaynida ukasi bilan bog‘lanishga uringan, ammo uning iloji bo‘lmagan. 

«To‘g‘risini aytganda, men 100 martaga yaqin qo‘ng‘iroq qildim. Barcha favqulodda xizmatlarga tushib bo‘lmadi. Agar, haqiqiy ofatlar chog‘ida foyda berolmasa "911"ni nima keragi bor», — deb qo‘shimcha qilgan Kreyg.

Kreyg Uilyams akasiga qanday bo‘lmasin yordam berish maqsadida Twitter ijtimoiy tarmog‘ida #HopeMills xeshtegi yordamida sahifalarni ko‘zdan kechira boshlagan. Natijada, u dron vositasida olingan videolavhaga ko‘zi tushgan. Unda, akasining uyi tasvirlangan edi. 

Shundan so‘ng, u «Ey topqirlar, bu akamning uyi! Uni qutqarishning imkoni bormi? U, uyning tepasida», — deb yozgan

Videoning @ImSoFIRST nikli muallifi tvitga e'tibor berib, telefon orqali erkak bilan bog‘langan. Shundan so‘ng, u favqulodda holatlar boshqarmasi federal agentligiga murojaat qilgan. Agentlik faxriyni iti bilan birga qutqargan. Keyinchalik, @ImSoFIRST foydalanuvchisi ijtimoiy tarmoqda «Dronim yordamida qanday qilib insonni qutqardim» nomli videoni joylashtirgan.

Mavzuga oid
Top