09:49 / 13.10.2016
16330

13 oktabr tongining eng muhim va qiziqarli voqealari

Foto: Kun.uz

12 oktabr tuni va 13 oktabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yettinchi yalpi majlisi o‘z ishini yakunladi

2016 yil 12 oktabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yettinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda Vazirlar Mahkamasining taklif etilgan a'zolari, vazirliklar va idoralar rahbarlari, boshqa tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etdilar.

Batafsil.

TIVda Qirg‘iziston elchisi bilan o‘zaro munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi

2016 yilning 12 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Qirg‘iziston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Daniyar Sidikov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Batafsil.

Putin Suriyadagi vaziyat uchun javobgarlikni AQSh va uning ittifoqdoshlari zimmasiga yukladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin TF1 fransuz telekanaliga bergan intervyusida Suriya va mintaqadagi joriy vaziyat uchun javobgarlik birinchi navbatda AQSh va uning ittifoqdoshlari zimmasida ekanligini aytdi.

Batafsil.

Afina markazida bomba portladi

Gretsiya poytaxti Afina shahri markazida bomba portlatilgan. 12 oktabr kuni kechqurun sodir bo‘lgan hodisada hech kim jabrlanmagan.

Batafsil.

Qirg‘iziston prezidenti Gruziyaga rasmiy tashrif bilan keldi

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev Gruziyaga rasmiy tashrif bilan keldi, deb ma'lum qildi 12 oktabrda uning matbuot xizmati.

Batafsil.

IShID Kobuldagi masjidga hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi

IShID jangarilari Kobuldagi shia masjidiga uyushtirilgan hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.

Batafsil.

Hindistonda Tadbirkorlik institutini egallab olgan terrorchilar yo‘q qilindi

Hindiston armiyasi uch kun avval Tadbirkorlikni rivojlantirish davlat institutiga joylashib olgan 2 nafar jangarini yo‘q qilish bo‘yicha amaliyotni yakunladi.

Batafsil.

Britan funt sterlingi 168 yildagi eng past ko‘rsatkichgacha qadrsizlandi

Buyuk Britaniyaning asosiy savdo hamkorlari valyutalar savatchasiga funt sterlingning kursini ko‘rsatuvchi Angliya banki indeksi 168 yil ichida yoki bu ko‘rsatkich bo‘yicha kuzatuvlar olib borilgan butun tarixdagi eng past ko‘rsatkichga tushib ketdi.

Batafsil.

Shimoliy Amerikadagi Buyuk ko‘llarda sirli obekt videoga olindi

AQSh va Kanada hududlarida joylashgan Buyuk ko‘llar tarkibiga kiruvchi Yuqori ko‘l suvlarida sirli noma'lum obekt payqaldi va videoga suratga olindi. Bu obektga "kema-sharpa" deb nom ham berildi.

Batafsil.

Oy yuzasida 222ta yangi krater paydo bo‘lgan

Oy yuzasida osmon jismlarining urilishidan hosil bo‘ladigan kraterlar, avval o‘ylanganidan yuz marta tezroq yangilanadi.

Batafsil.

Maykl Jyekson eng boy marhum mashhurlar reytingini boshqarmoqda

Eng boy marhum mashhurlar reytingida Maykl Jyekson boshchilik qilmoqda. U ketma-ket to‘rtinchi yil shunday reytingda birinchi bo‘ldi.

Batafsil.

Android’ning yangi versiyasi chiqadigan sana ma'lum qilindi

Google kompaniyasi Android operatsion tizimining yangi versiyasi – 7.1’ning beta-sinovdan o‘tkazishni boshlashini e'lon qildi.

Batafsil.

Ko‘z qisish orqali suratga oladigan qurilma yaratildi

Ko‘pchilik urfga aylanadigan surat va video oluvchi ko‘zoynaklar ishlab chiqarish bilan mashg‘ul bo‘lsa, Blincam yapon kompaniyasi ko‘zlarni birgina qisish yordamida suratga olishga qodir kamerasiga mablag‘ yig‘ish uchun Indiegogo'ga murojaat qildi.

Batafsil.

Britaniyalik bokschi Fyuri chempionlik kamarlaridan voz kechishga qaror qildi

Britaniyalik o‘ta og‘ir vazn toifasidagi bokschi Tayson Fyuri WBO va WBA versiyalari bo‘yicha jahon chempioni unvonlaridan o‘z xohishiga ko‘ra voz kechishga qaror qildi.

Batafsil.

Ronaldu, Chex va Barri Ginness rekordlar kitobiga kiritildi

"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu, "Arsenal" darvozaboni Petr Chex va "Everton" yarim himoyachisi Garet Barri hamda "Lester Siti" klubi Ginness rekordlar kitobining 2017 yilgi yangi versiyasiga kiritildi.

Batafsil.

Top