15:19 / 13.10.2016
10322

Yevropa futbolida bo‘linish ro‘y berishi mumkin

Yevropaning bir qator klublari 2021 yilga borib, Shimoliy Yevropa Ligasini tashkil etishni rejalashtirmoqda.

BT Nyheder xabariga ko‘ra, muzokaralar Belgii, Niderlandiya, Shotlandiya, Daniya, Norvegiya va Shvetsiyaning yetakchi jamoalari o‘rtasida olib borilmoqda.

Yangi formatdagi turnirda «Ayaks», PSV, «Feyyenoord», «Anderlext», «Bryugge», «Seltik», «Reyndjyers», «Malmyo», «Rusenborg» va «Kopengagen» kabi mashhur jamoalari bo‘lishi mumkin.

«Bu bor gap. Agar biz bunday choralarni ko‘rmasak, grandlar yanada kuchayishda davom etadi va bizga yanada qiyin bo‘lib boraveradi.

Shuning uchun biz «Kopengagen» uchun xalqaro maydonlarda muvaffaqiyatli ishtirokni ta'minlovchi muqobil variantlar axtarmoqdamiz.

Hozircha qandaydir modellar haqida gapirishga erta, ammo biz bu mavzuda ochiq gaplashayapmiz», – degan «Kopengagen» direktori Anders Xorsholt.

Mavzuga oid
Top