20:52 / 13.10.2016
15574

Kechki dayjest: 13 oktabrning eng muhim xabarlari

Yakunlanib borayotgan 13 oktabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

O‘zbekistonda tibbiyot xodimlari maoshiga maxsus oylik ustama qo‘shiladi

 

Shu yilning noyabr oyidan boshlab sog‘liqni saqlash tizimida faoliyat ko‘rsatuvchi ayrim xodimlarning tarif stavkalariga maxsus oylik ustama to‘lov tizimi joriy etiladi.

>>>  Batafsil.

Toshkentdan Andijonga yana bir poyezd qatnay boshlaydi


Foto: Uz24

17 oktabrdan boshlab Toshkentdan Andijonga qo‘shimcha poyezd harakatlana boshlaydi.

>>> Batafsil.

70 yildan buyon Tailandni boshqarib kelgan qirol olamdan o‘tdi


© AP Photo

O‘tgan yakshanba kuni salomatligi keskin yomonlashgan Tailand qiroli Pxumipon Adulyadet (Rama to‘qqizinchi) bugun, 12 oktabr kuni 89 yoshida olamdan o‘tdi. >>> Batafsil.

Buyuk Britaniyaning eng qobiliyatli va eng qobiliyatsiz bosh vazirlari reytingi e'lon qilindi

Foto: © EPA/ABIR SULTAN/POOL

Foto: © EPA/ABIR SULTAN/POOL

Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Devid Kemeron Birlashgan Qirollikning Ikkinchi jahon urushi davridan keyingi eng qobiliyatsiz bosh vazirlaridan biri, deb tan olindi.

>>> Batafsil.

Putin Yemelyanenkoning qiziga hujum qilingani haqida xabardor etildi


Foto: RT

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Aralash janglar san'ati (MMA) ittifoqi prezidenti Fyodor Yemelyanenkoning qiziga hujum qilingani haqida boxabar etildi.

>>> Batafsil.

Yangi Yerda ikki orol kashf qilindi


Foto: © N.Malyshev

Shimoliy flot gidrograflari Yangi Yer arxipelagi (Rossiya) tarkibida ikki orolning kashf qilinganini tasdiqlashdi.

>>> Batafsil.

Saakashvili Odessada favqulodda holat e'lon qildi


Foto: telegraf.ua

Ukrainaning Odessa viloyati gubernatori Mixail Saakashvili mintaqada yuz bergan kuchli dovul sababli favqulodda holat joriy qildi.

>>> Batafsil.

Nazarboyeva otasining sog‘lig‘i haqida ma'lum qildi


Foto: today.kz

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘zini ancha yaxshi his qilmoqda, deya ma'lum qilgan respublika rahbarining qizi, senator Dariga Nazarboyeva. >>> Batafsil.

So‘nggi 20 yildagi eng halokatli tabiiy ofat qaysi ekanligini bilasizmi?


Foto: TACC

1996 yildan 2015 yilga qadar dunyoda 1,35 million kishi halok bo‘ldi. Bu haqida BMTning Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish idorasi (UNISDR) va Belgiya Halokatlar epidimiologiyasi tadqiqot markazining (CRED) hisobotida ma'lum qilindi.

>>>  Batafsil.

BMT Bosh Assambleyasi BMT bosh kotibini saylaydi

BMT Bosh Assambleyasi 13 oktabr kuni Portugaliyaning sobiq bosh vaziri Antoniu Guterrishni tashkilotning to‘qqizinchi bosh kotibi lavozimiga saylash masalasini ko‘rib chiqadi.

>>> Batafsil.

WikiLeaks: Hillari Klinton Putin haqida ijobiy fikrda


Foto: Cnn

AQSh prezidentligi uchun Demokratik partiya nomzodi Hillari Klinton Rossiya prezidenti Putinga qarshi turishi haqida ko‘p bora ta'kidlamoqda.

>>> Batafsil.

Turk lirasi tarixiy minimumgacha pasaydi


Foto: TASS

13 oktabr kuni ochilgan savdolarda turk lirasi tarixiy minimumni qayd etdi.

>>>  Batafsil.

Adabiyot yo‘nalishida 2016 yilgi Nobel mukofoti egasi aniqlandi

Amerikalik musiqachi va shoir Bob Dilan adabiyot yo‘nalishi bo‘yicha 2016 yilgi Nobel mukofoti egasiga aylandi. Bu haqda Shvetsiya akademiyasi ma'lumotida keltirilgan.

>>> Batafsil.

Xiaomi "aqlli" kamera va budilnik taqdim etdi

Xiaomi tinimsiz yangi gadjyetlarni taqdim etishda davom etmoqda. Joriy oyda ularning yangi qurilmasi mittigina Little Square kamerasi va MI Music Alarm Clock budilnigidir. Kamera web-kamera vazifasini bajara oladi va xonalarda videokuzatuvni amalga oshirishi mumkin.

>>>  Batafsil.

Internet tarmog‘ida yangi BMW “besh”lik namoyish qilindi


Foto: germancarforum.com

Germancarforum onlayn forumida BMW 5-Series sedani yangi avlodining chizmalari namoyish etildi.

>>> Batafsil.

Beyl “Real” bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishdi


Foto: eurosport.com

“Real” yarim himoyachi Garet Beyl madridliklar bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Bu haqda Tribuna.uz nashri xabar berdi.

>>> Batafsil.

JCh—2018 saralashida uchinchi murabbiy Babayan jamoasi «qurboniga aylanishi» mumkin

O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCh—2018 3-saralash bosqichida g‘alabali odimini davom ettirsa, yana bir murabbiy ishdan olinishi mumkin.

>>> Batafsil.

Top