13:03 / 13.10.2016
9583

Atlantikada yana bir dovul AQShga qarab harakatlanmoqda

Foto: © AP

Atlantika okeanidagi "Nikol" tropik dovuli xavfli to‘rtinchi darajaga qadar ko‘tarildi. Bu haqida dovullarni o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi AQSh Milliy markazi xabariga asoslanib, RIA "Novosti" ma'lum qildi. 

Bundan avval dovul uchinchi darajagacha ko‘tarilgan edi. Hozirda dovul Bermud orollaridan 290 kilometr masofada kuzatilmoqda. Shamol tezligi soatiga 210 kilometrga yetmoqda. 

Ob-havo ma'lumotiga ko‘ra, dovul o‘z yo‘nalishini shimoli-sharq tomonga o‘zgartiradi va payshanba kuni yanada kuchayadi. Dovulning payshanba kuni Bermud orollari ustidan o‘tishi kutilmoqda. 
 

Top