08:28 / 13.10.2016
4712

TIVda Qirg‘iziston elchisi bilan o‘zaro munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi

Foto: O‘zbekiston TIV matbuot xizmati

2016 yilning 12 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Qirg‘iziston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Daniyar Sidikov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bergan.

Suhbat chog‘ida turli darajadagi bo‘lajak uchrashuvlari bilan bog‘liq O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Top