14:54 / 14.10.2016
9660

BMTning yangi bosh kotibi Rossiya va AQShni yaqinlashtirmoqchi

Foto: AFP

Birlashgan Millatlar Tashkilotining yangi saylangan bosh kotibi Antoniu Guterreshning bayonot berishicha, u Rossiya va AQShni o‘zaro yaqinlashtirish uchun ishlashga tayyor. U bosh kotiblik lavozimiga tasdiqlanganidan so‘ng, RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida shu haqda so‘z yuritgan

BMT Bosh Assambleyasi Antoniu Guterresh nomzodini butunjahon tashkilotining bosh kotibligiga tasdiqlagan edi. BMTning to‘qqizinchi bosh kotibi 2017 yil 1 yanvaridan boshlab vazifasiga kirishadi. 

"Men ushbu ikki davlat munosabatlari yaxshilanishiga ishonaman. Ular boshqalarni ham ortlaridan ergashtirib, mavjud qarama-qarshiliklar bartaraf etilishi mumkinligiga ishontirishlari uchun ulkan imkoniyatga ega bo‘ladi", — degan Guterresh.

U, BMT bosh kotibi bo‘lgan vaqtda Moskva hamda Vashingtonni safarbar qila oladimi?, degan savolga Guterresh shunday javob qaytargan: "Imkonim darajasida barchasini amalga oshiraman".

Top