16:29 / 14.10.2016
13329

BMTning yangi bosh kotibi Suriya urushiga izoh berdi

Foto: AP

Suriya mojarosida ishtirok etayotgan tomonlarning barchasi urushni to‘xtatish zarurligini yaxshi anglab yetishlari darkor. Chunki bu urush butun dunyo xavfsizligiga tahdiddir, deb bayonot bergan BMTning navbatdagi bosh kotibi Antoniu Guterresh CNN telekanaliga bergan intervyusida.

"BMT va uning bosh kotibi tashkilot a'zolarining huquqlarini hurmat qilishi kerak. Ammo, u "ko‘priklarni barpo etish"da adolatli vositachi bo‘lishi darkor, deb o‘ylayman. Va ayniqsa, Suriya bilan bog‘liq vaziyatda mazkur urush butun dunyo uchun tahdid ekanini yetkazish uchun bor imkoniyatini ishga solishi kerak", — degan Guterresh.

"Bu urush, global terrorizm bilan bog‘liq. Har bir tomon manfaatlarini va qonuniyligini bir chetga surib, ziddiyatli tomonlar bilan mojaroga barham berishga erishish ustida ishlash vaqti keldi", — deb qo‘shimcha qilgan Guterrish. 

Mavzu
Suriyadagi urush
Suriyada 2011 yilda boshlangan fuqarolar urushi mamlakatni bir necha qismlarga bo‘lib tashlagan. Suriya hukumati, IShID, kurdlar va boshqa turli jangari guruhlar o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlar hamon davom etmoqda.
Barchasi
Top