22:53 / 14.10.2016
6854

Instagram dasturi Windows 10 ostida kompyuterlarda paydo bo‘ldi

Foto: theverge.com

Instagram rasmiy dasturi statsionar PK va planshetlar uchun Windows 10 boshqaruvi ostida ishga tushdi. Uning yordamida do‘stlarning suratlarini tomosha qilish, xabarlarni o‘qish va  Direct'dan yuborish mumkin, shuningdek, «yoqdi» belgilarini ko‘rish va sozlash imkoni mavjud. Bu haqda The Verge xabar qilgan.

Dasturning veb-versiyasidan farqli jihati, foydalanuvchilar o‘zlariga yoqqan suratlarni Facebook va Messenger'ga ulashishlari mumkin. Uni Windows Store'da yuklab olish mumkin.

Biroq dasturning anchayin jiddiy cheklovi ham bor: suratlarni faqat sensorli ekran va ichki kamerali qurilma egalari qo‘ya olishadi. Shunday ekan, bu dastur noutbuk-transformer va Windows 10 boshqaruvi ostidagi planshetlarga ko‘proq to‘g‘ri keladi.

The Next Web nashrining yozishicha, dastur dizayni muvaffaqiyatli chiqmagan. Sababi, barcha zarur tugmalar markazda joylashgan bo‘lib, yon tomonda ko‘plab bo‘sh joylar ortib qolgan.  

Shuningdek, ichki kameraga ega bo‘lmagan oddiy kompyuterlarda «Tarix»ga surat qo‘shish vaqtida  dastur ishlashdan to‘xtaydi va tushunmovchilikni yuzaga keltiradi. Agarda foydalanuvchilarga statsionar PKda saqlangan hujjatlardagi suratlardan yuklash imkoni berilganda, mantiqan to‘g‘riroq bo‘lar edi.

Mavzuga oid
Top