22:17 / 14.10.2016
12599

Shavkat Mirziyoyev Tailand Qirolligi xalqiga hamdardlik bildirdi

Foto: AFP

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Tailand Qirolichasi Momrachavongsa Sirikat Kitiyakaraga atoqli davlat arbobi, millat rahbari Tailand Qiroli Pumipon Adulyadetning vafoti munosabati bilan ta'ziya izhor etilgan maktub yo‘lladi.

O‘zbekiston TIV sayti xabar berishicha, davlat rahbari qirollik oilasiga va Tailand xalqiga samimiy hamdardlik so‘zlarini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, qirol Pumipon Adulyadet 88 yoshida olamdan o‘tdi. U 1972 yili o‘zining valiahdi etib shahzoda Maxa Vachiralongkornni tayinlagan.

Mavzuga oid
Top