18:25 / 14.10.2016
16573

Vinni-Pux - 90 yoshda

1926 yilning 14 oktabrida Londonda britaniyalik yozuvchi Alan Milnning Kristofer Robin ismli bolakay, ayiq, Pyatachok va Ajoyib o‘rmonda yashovchi boshqa jonivorlar haqidagi kitobi nashrdan chiqdi. Ushbu kitobning bosh qahramoni Vinni-Pux nomini olgan bo‘lib, u biroz ertaroq - Miln o‘zining 4 yoshli o‘g‘lini (Kristofer Robin) hayvonot bog‘iga olib kelgan va unga Vinnipeg ismli ayiqni (Birinchi jahon urushi yillarida Angliyaga Kanada veterinar korpusi ramzi sifatida kelgan) ko‘rsatgan mahal yaratilgan. Bolaga ota-onasi tomonidan sovg‘a qilingan yumshoq o‘yinchoq ana shu ayiq sharafiga nomlangan; Miln o‘g‘li uchun shu ayiq haqida turli hikoyalar yozardi. Vinni-Pux va uning do‘stlari haqida jami ikki kitob chop etilgan - ularda bolalar yotoqxonasidagi olam uy atrofidagi olam bilan uyg‘unlashtirib berilgan, o‘yinchoqlar esa hatto Kristofer yo‘qligida ham o‘z shaxsiy hayotini yashaydi. Keyinchalik, 1960 yillarda "Disney" kompaniyasi Miln personajlarining kitobdagi syujyetlarga asoslangan sayohatlari haqida animatsion film yarata boshladi, bunday multfilmlar hanuz efirga uzatilmoqda. MDH davlatlarida Vinni-Pux Boris Zaxoder tarjimasi va Fyodr Xitrukning uch multfilmi tufayli mashhurlikka erishdi - hali-hanuz multfilmning qaysi versiyasi ("Disney" yoki Yevgeniy Leonov ovoz bergan "Soyumultfilm" versiyasi) yaxshiroq ekanligi borasidagi bahslar tinmaydi.

Multfilmdan lavha (1969)

1928 yil. Alan Miln va uning o‘g‘li Kristofer Robin 

Multfilmdan lavha (1969)

Boris Diodorovning illyustratsiyasi, 1986–1989

Boris Diodorovning illyustratsiyasi, 1986–1989

A. Miln kitobiga Ernest Shepard illyustratsiyasi (1879–1976) 

A. Miln kitobiga Ernest Shepard illyustratsiyasi (1879–1976) 

Disney multfilmidan lavha 

Disneyning "Vinni va uning do‘stlari" (2011) multfilmidan lavha

Vinni-Pux tasviri tushirilgan marka, 1988 yil

Multfilmdan olingan lavha aks etgan marka, 2012 yil

 

Suratlar: TsFA «Soyuzpechat», E.H.Shepard, Disney


 

Top