09:34 / 15.10.2016
5272

Yangi Zelandiya BMT XKga Suriya bo‘yicha rezolyutsiya loyihasini taqdim etdi

Foto: TACC

Yangi Zelandiya BMT Xavfsizlik kengashiga Suriya bo‘yicha rezolyutsiya loyihasini kiritdi. U 48 soatlik o‘t ochishni to‘xtatishni nazarda tutadi, deb xabar qilmoqda «Interfaks» agentligi.

Rezolyutsiya loyihasi matnida «mazkur rezolyutsiya qabul qilinidan 24 soat o‘tgach, barcha tomonlar jangovar harakatlarda 48 soatga tanaffus qilishlari, shundan so‘ng yana 48 soat va shu tarzda o‘t ochishni batamom to‘xtatishga erishilmaguncha davom etishlari kerak» deyilgan.

Bundan tashqari, loyiha Suriya muxolifatini Rossiya talab qilayotganidek, terrorchi guruhlardan to‘liq ajralishga chaqirilgan. 

 

Top