14:22 / 15.10.2016
8311

BMTning yangi bosh kotibi tashkilotning ustuvor vazifasini ma'lum qildi

Foto: AP

BMTning yangi saylangan bosh kotibi Antoniu Guterrishning bayonot berishicha, Suriya mojarosiga barham berish tashkilotning ustuvor vazifasi bo‘lishi kerak. U France 24 telekanaliga bergan intervyusida shunday bayonot bergan. 

«Suriya BMT uchun ustuvor vazifa bo‘lishi kerak. Tashkilot Suriya xalqi oldida qarzdor», — degan Gutterish.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «Suriya xalqiga boshqalarga nisbatan saxiyligi uchun minnatdorchilik bildirish kerak». Gutterishning qayd etishicha, u BMTning qochoqlar masalalari bo‘yicha oliy komissari bo‘lgan vaqtlarda, Suriya inqirozdan avval o‘z hududida 2 mln qochqinni qabul qilgan. 

Top