23:32 / 15.10.2016
12629

BRIKS davlatlari yetakchilari hind milliy kiyimlarida suratga tushishdi

Foto: Reuters

BRIKS davlatlari yetakchilari tashkilotning navbatdagi sammitini qabul qilayotgan Hindistonning milliy kiyimi – bandi kiygan holda suratga tushishdi. Bu haqda "Rossiyskaya gazeta" nashri xabar bermoqda. 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ko‘k rangdagi nimchada, Hindiston bosh vaziri – och-jigarrangda, Xitoy raisi Si Tszinpin – qizilda, JAR prezidenti Jyeykob Zuma – to‘q yashilda hamda Braziliya prezidenti Mishel Temer qulupnay rangdagi nimchalarda bo‘lishgan.

Sammitni qabul qilayotgan mamlakat milliy kiyimlarida suratga tushish an'anasi 1993 yilda AQShning Sietl shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi forumida boshlangan.

BRIKSning navbatdagi sammiti Goa shtatida 15-16 oktabr kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Uning yakuniga ko‘ra deklaratsiya va harakatlar rejasi qabul qilinishi taxmin qilinmoqda.

 

Top