10:37 / 15.10.2016
7755

Yorug‘lik diodlarining o‘rnini bosuvchi organik molekulalar olindi

Foto: morning-news

Xitoylik mutaxassislar yorug‘lik diodlarining o‘rnini bosuvchi organik molekulalar yaratdilar. Ular xona haroratida va yorug‘lik diodlaridan ikki barobar kuchliroq nur tarqatadi, deb xabar bermoqda EurekAlert!.

Gonkong fan va texnologiya uuniversitetining xodimlari  Ben Chjun Tan, Veychjun Jao va Zikay Xi laboratoriya sharoitida beshta xushbo‘y nometall karbonil saqlovchi molekulalarni sintezlashdi. Dastlab jarayon kompyuterda modellashtirildi va bu xona haroratida barqaror yorug‘lanishni olishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammoni chetlab o‘tishga imkon berdi.
 
Molekulalar 230 millisoniya davomida yorug‘lanishga qodir. Bunda nurlanish rangi ko‘kdan qizil-zarg‘aldoqqacha o‘zgaradi. Olimlarning ta'kidlashicha, yaratilgan molekulalar diodlarning o‘rnini bosishi mumkin.

Endi olimlar oldida molekulalar nurlanishi uzoqligini oshirish vazifasi turibdi. Bundan tashqari, olimlar bu molekulalar negizida yuqori aniqlikdagi datchik va yorug‘lik sezuvchi viklyuchatellar yaratishmoqchi.

Mavzuga oid
Top