19:14 / 15.10.2016
15310

Ruslar kemasi O‘rta Yer dengiziga yurishi ortidan Britaniya floti shay holatga keltirildi

Foto: Reuters

Buyuk Britaniya Qirollik floti Rossiya Federatsiyasi Shimoliy dengiz floti tarkibidagi «Admiral Kuznetsov» aviatashuvchi kemasini O‘rta yer dengizining Suriya sohillariga safarbar etgani haqidagi xabarlardan keyin yuqori tayyorgarlik holatiga keltirildi.

Daily Mail nashri ma'lumotiga ko‘ra, britaniyaliklar Rossiya kemalari Buyuk Britaniya qirg‘oqlaridan 1 milya masofadan o‘tishi hamda Shotlandiya shimolida amaliyotlar o‘tkazishini kutmoqda.

The Times nashrining aniqlik kiritishicha, Rossiya kemalari Buyuk Britaniya qirg‘oqlari bo‘ylab harakatlanishida qirollikning 2ta kemasi - «Dunkan» va «Richmond» navigator sifatida jalb etiladi. Shuningdek, NATO samolyotlari ruslar kemalarining harakatlanishini kuzatib boradi.

Top