Tailand hukumati kiyim-kechak sotuvchilarni qirol Pumipon Adulyadet vafotidan keyin motam rangiga katta talab bo‘lishi sababli qora rangdagi kiyimlarga narxni oshirmaslikdan ogohlantirdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, qirollikda bu talabga amal qilinishini tekshiruvchi maxsus inspeksiyalar tashkil etildi.