10:05 / 17.10.2016
11366

17 oktabr tongining eng muhim va qiziqarli voqealari

Foto: Kun.uz

16 oktabr tuni va 17 oktabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

Yaman Arab davlatlari ligasining keyingi sammitini o‘z hududida o‘tkazishni rad etdi

Abd Rabbo Mansur Hodiy boshchiligidagi Yaman hukumati Arab davlatlari ligasining (ADL) 28-sammitini o‘z hududida o‘tkazishni rad etdi, deb ma'lum qildi ADL.

>>> Batafsil.

Chernogoriya parlament saylovlarida hukumat partiyasi g‘alaba qozondi

Chernogoriya bosh vaziri va hukumatni boshqarayotgan Sotsialistlar demokratik partiyasi rahbari Milo Jukanovich mamlakatdagi parlament saylovlarida o‘z partiyasining g‘alabasini e'lon qildi.

>>> Batafsil.

Iroq harbiylari Mo‘sulni ozod qilish bo‘yicha operatsiyani boshlashdi

Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy telemurojaat orqali Mo‘sulni IShID jangarilaridan ozod qilish bo‘yicha operatsiya boshlanganini ma'lum qildi.

>>> Batafsil.

Xitoy boshqariluvchi koinot kemasini fazoga uchirdi

Xitoy yer atrofi orbitasiga bortida ikkita taykonavt (fazogir) bo‘lgan "Shenchjou-11" boshqariluvchi koinot kemasini uchirdi.

>>> Batafsil.

Balida ko‘prik qulashi oqibatida 34 kishi halok bo‘ldi

Indoneziyaning Bali orolidagi osma ko‘prikning qulashi oqibatida 34 kishi halok bo‘ldi.

>>> Batafsil.

Turkiyaning G‘aziantepida IShID bo‘limi yetakchisi qo‘lga olindi

Turkiyaning G‘aziantepida IShID bo‘limi yetakchisi Mexmet Qodir Jobil politsiya tomonidan qo‘lga olindi.

>>> Batafsil.

BRIKS yetakchilari Goadagi sammitda yakuniy deklaratsiyani qabul qilishdi

Hindistonning Goa shahrida o‘tkazilgan BRIKS sammiti yakunida ishtirokchi davlatlar rahbarlari yakuniy deklaratsiyani qabul qilishdi.

>>> Batafsil.

AQSh razvedkachi samolyoti Rossiyaning Suriyadagi bazasi yaqinidan uchib o‘tdi

Amerikaliklarning kemalar harakatini kuzatuvchi R-8A Poseidon rusumli harbiy samolyoti 16 oktabr kuni O‘rta Yer dengizining sharqiy hududida, Rossiya kemalari joylashgan hududdan uchib o‘tdi.

>>> Batafsil.

Gonkongda tutqunlikda yashovchi eng qari panda uxlatish orqali hayotdan ketkazildi

Gonkongda 38 yoshli, tutqunlikda yashovchi dunyodagi eng qari panda uxlatish orqali hayotdan ketkazildi.

>>> Batafsil.

Ispaniyada minglab itlar hayvonlarni himoya qilish aksiyasida ishtirok etdi

Ispaniyada Madrid ko‘chalariga turli zotdagi va kattalikdagi itlar o‘z egalari bilan birga hayvonlarga nisbatan qattiqqo‘llikka qarshi norozilik aksiyasiga chiqdi.

>>> Batafsil.

Do‘st boshga ish tushganda tashlab ketmaydi: Fil bolasi insonga yordamga oshiqdi

Tailanddagi milliy parkda Kxam La laqabli filcha park xodimlaridan biri cho‘kib ketishi mumkinligini ko‘rgani hamono yordamga oshiqdi va qattiq oqayotgan daryoga tushdi.

>>> Batafsil.

Litvada Sog‘liqni saqlash vaziri 34 yoshida xastalikdan vafot etdi

Litva Sog‘liqni saqlash vaziri Yuras Pojyela 34 yoshida olamdan o‘tdi. Uning o‘limiga pankreatit - me'da osti bezi yallig‘lanishi sabab bo‘lgan.

>>> Batafsil.

Gvardiola matbuot anjumani vaqtida takabbur ingliz jurnalistlariga tanbeh berdi

«Manchester Siti» jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APLning boshqa chempionatlardan ustunligi haqidagi gaplarni mif deb atadi.

>>> Batafsil.

Top