15:10 / 17.10.2016
5975

Buyuk Britaniya investorlar uchun eng qulay 5 mamlakat ro‘yxatidan chiqib ketdi 

Foto: bloomberg.com

Global Capital Confidence Barometer ot Ernst & Young (EY) hisobotiga ko‘ra, Buyuk Britaniya 2009 yildan beri birinchi marta investorlar uchun eng qulay 5 mamlakat ro‘yxatidan chiqib ketgan. Bu haqida Bloomberg xabar berdi

Manbaga ko‘ra, bu yil investorlar uchun eng qulay 5 mamlakat ro‘yxatidan AQSh, Xitoy, Germaniya, Kanada va Fransiya joy olgan. 

Hisobot dunyoning 45 mamlakatidagi 1 700 nafar kompaniya rahbarlari orasida o‘tkazilgan so‘rovnomaga asoslangan. 

"Brexit xalqaro investitsiyalarni qiyinlashtiruvchi geosiyosiy o‘zgarishlarning o‘sishiga yaqqol misol bo‘la oladi", - deydi ekspertlardan biri Stiv Krouskos. 

Mavzuga oid
Top