11:02 / 17.10.2016
9326

Kerri Suriya tufayli Rossiyaga sanksiyalar joriy qilish muddatini ma'lum qildi

Foto: © RIA Novosti

Rossiya va Suriyaga qarshi cheklovchi choralarni qo‘llash qarori bir necha kun ichida qabul qilinishi mumkin. AQSh davlat kotibi Jon Kerri Londonda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida shunday bayonot bergan. Britaniya poytaxtida Suriya muammosi yuzasidan ko‘p tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tgan edi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shimcha sanksiyalar joriy qilish muhokama qilinmoqda, AQSh prezidenti Barak Obama turli yo‘llarni ko‘rib chiqmoqda. 

"Biz buni muhokama etayapmiz va bir necha kun ichida nima qilish borasida xulosa qilamiz", — degan Kerri.

Avvalroq, Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson Birlashgan Qirollik va Qo‘shma Shtatlar Halab atrofidagi vaziyatning keskinlashgani tufayli Suriya va Rossiyaga qarshi iqtisodiy jazo choralarini qo‘llash imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini aytgan edi. 

"Biz Asad tuzumi, Rossiya va Eronga bosimni bo‘shashtirmasligimiz kerak. Aksincha kuchaytirishimiz lozim", — deb ta'kidlagan edi Britaniya TIV rahbari.
 

Top